Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 01.02.2024 yilda “Raqamli texnologiyalar xalqaro markazini tashkil etish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-25-son farmon qabul qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 01.02.2024 yilda “Raqamli texnologiyalar xalqaro markazini tashkil etish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-25-son farmon qabul qilindi
Farmon bilan Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi (International Digital Technology Center – “ENTERPRISE UZBEKISTAN”) tashkil etildi.
2024 yil 1 iyundan 5 yilgacha bo‘lgan muddatga Markazda xorijiy kompaniyalar uchun qo‘llaniladigan maxsus huquqiy rejim eksperiment tariqasida joriy qilinadi.
Shuningdek, Markaz hududida eksperiment tariqasida quyidagi sohalarda maxsus huquqiy rejim joriy etiladi:
-raqamli texnologiyalar sohasida innovatsiyalar, xizmatlar va biznes mahsulotlarini ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish bo‘yicha “tartibga solish qumdoni”ni joriy etish;
-bojxona va soliqqa tortish;
-mehnat munosabatlari;
-moliya va bank faoliyati;
-shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish va ularni himoya qilish;
-davlat xizmatlarini ko‘rsatish;
-intellektual mulkni himoya qilish;
-tijorat va fuqarolik nizolarini ko‘rib chiqish.
Bunda, Raqamli texnologiyalar vazirligi maxsus huquqiy rejimni joriy etish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi.
Nurafshon shahar
adliya bo‘limi boshlig‘i G.Roxmonkulov