Янгиликлар
Ishga joylashtirish bo‘yicha davlat kafolatlaridan xabardormisiz?
1. Ishga joylashtirish bo‘yicha davlat kafolatlaridan xabardormisiz?
Mehnat kodeksining 95-moddasiga asosan davlat:
bandlik turini, shu jumladan turli mehnat rejimidagi ishni tanlash erkinligini;
ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishdan, qonunga xilof ravishda boshqa ishga o‘tkazishdan, xodimni ishdan chetlashtirishdan va mehnat shartnomasini bekor qilishdan himoyalanishni;
maqbul keladigan ish tanlashga va ishga joylashishga bepul ko‘maklashishni;
kasb egallashda va ishga ega bo‘lishda, mehnat qilish va bandlik sharoitlarida, mehnatga haq to‘lashda, xizmat pog‘onalari bo‘yicha ko‘tarilishda har kimga imkoniyatlar tengligi yaratilishini;
ish qidirayotgan shaxslarni va ishsizlarni kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga hamda ularning malakasini oshirishga ko‘maklashishni;
mehnat organlarining taklifiga ko‘ra ishlash uchun boshqa joyga ixtiyoriy ravishda ko‘chib ketish munosabati bilan qilingan xarajatlar kompensatsiya qilinishini;
haq to‘lanadigan jamoat ishlarida ishtirok etish imkoniyatini kafolatlaydi.
Ishga joylashtirish bo‘yicha kafolatlarni taqdim etish tartibi aholi bandligi to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilanadi.
Yuqori Chirchiq tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti |
Sh.Abdurahmonov |