Янгиликлар
1.Tashkilot bo‘linganda xodimlar bilan mehnat munosabatlari bekor qilinadimi?
1.Tashkilot bo‘linganda xodimlar bilan mehnat munosabatlari bekor qilinadimi?
Mehnat kodeksining 156-moddasiga asosan tashkilotning mulkdori almashganda, xuddi shuningdek tashkilot qayta tashkil etilganda (qo‘shib yuborilganda, qo‘shib olinganda, bo‘linganda, ajratib chiqarilganda, o‘zgartirilganda) yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar xodimning roziligi bilan davom ettiriladi.
Yangi mulkdor tashkilot rahbari, uning o‘rinbosarlari, bosh buxgalter va tashkilot alohida bo‘linmasi rahbari bilan Mehnat kodeksi 489-moddasining birinchi qismi 1-bandiga muvofiq mehnat shartnomasini bekor qilishga haqlidir. Tashkilotning boshqa xodimlari bilan mehnat shartnomasini faqat ushbu Kodeksga va boshqa qonunlarga muvofiq bekor qilish mumkin.
Tashkilotning mulkdori almashganda xodimlar sonini yoki shtatini o‘zgartirishga faqat mulk huquqining boshqa shaxsga o‘tishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin yo‘l qo‘yiladi.
Tashkilotning idoraviy taalluqliligi (bo‘ysunuvi) o‘zgarganligi yoki qayta tashkil etilganligi (qo‘shib yuborilganligi, qo‘shib olinganligi, bo‘linganligi, ajratib chiqarilganligi, o‘zgartirilganligi) ushbu tashkilotning xodimlari bilan mehnat shartnomalarini bekor qilish uchun asos bo‘lmaydi.
Xodim ushbu moddaning birinchi yoki to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda ishni davom ettirishni rad etganda xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Mehnat kodeksining 173-moddasiga muvofiq tegishli ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘langan holda bekor qilinadi.
|
Yuqori Chirchiq tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti |
J.Nishonov |