Янгиликлар
Qanday hollarda mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish taqiqlanadi?
1. Qanday hollarda mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish taqiqlanadi?
Mehnat kodeksining 163-moddasiga asosan mehnat shartnomasini:
1) ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilmagan asoslar bo‘yicha;
2) ushbu Kodeksning mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash talabini buzadigan;
3) xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrlarida, u mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan ta’tillarda bo‘lgan davrlarda;
4) xodim davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajarganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan davrda;
5) xodim xizmat safarida bo‘lgan davrda;
6) homilador ayollar (ushbu Kodeks 408-moddasi) va uch yoshgacha bolasi bo‘lgan xodimlar (ushbu Kodeks 409-moddasi) uchun kafolatlar berishni nazarda tutadigan talablarga rioya qilmasdan ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish taqiqlanadi.
Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish uchun ushbu modda birinchi qismining 3-6-bandlarida nazarda tutilgan cheklovlar tashkilot (uning alohida bo‘linmasi) o‘z muassislarining (ishtirokchilarining) yoki ta’sis hujjatlari bilan bunga vakolat berilgan yuridik shaxs organining qaroriga binoan tugatilganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda yoxud yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan faoliyat tugatilganda qo‘llanilmaydi.
|
Yuqori Chirchiq tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti |
R.Tuxtayev |