Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

1. Voyaga yetmagan farzandini moddiy ta‘minlashdan bo‘yin tovlaganlik uchun qarzdor jinoiy javobgarlikka tortilgan taqdirda, aliment to‘lovlari jamg‘arma mablag‘lari nimaga yo‘naltiriladi?


1.     Voyaga yetmagan farzandini moddiy ta‘minlashdan bo‘yin tovlaganlik uchun qarzdor jinoiy javobgarlikka tortilgan taqdirda, aliment to‘lovlari jamg‘arma mablag‘lari nimaga yo‘naltiriladi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aliment to‘lovlari jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 03.08.2022 yildagi 427-son qaroriga asosan, aliment to‘lovlari jamg‘arma mablag‘lari voyaga yetmagan farzandini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlaganlik uchun qarzdor jinoiy javobgarlikka tortilgan taqdirda, aliment to‘lovlaridan yuzaga kelgan qarzdorlikni (ushbu jinoyat natijasida yetkazilgan zararni) qoplab berishga (biryo‘la undiruvchiga to‘lab berishga) yo‘naltiriladi.

Jamg‘arma mablag‘laridan nazarda tutilmagan boshqa maqsadlar uchun foydalanish taqiqlanadi.

 

 

Yuqori Chirchiq tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

 

 

R.Tuxtayev