Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Turmush o‘rtog‘im voyaga yetmagan farzandimni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlaganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilganligi sababli, menga aliment to‘lovlarini qoplab berish to‘g‘risidagi qaror asosida aliment to‘lovlari qancha muddatda qoplab beriladi


1.Turmush o‘rtog‘im voyaga yetmagan farzandimni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlaganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilganligi sababli, menga aliment to‘lovlarini qoplab berish to‘g‘risidagi qaror asosida aliment to‘lovlari qancha muddatda qoplab beriladi?

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aliment to‘lovlari jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 03.08.2022 yildagi 427-son qaroriga asosan, davlat ijrochisi (Majburiy ijro byurosi mas‘ul xodimi) zarurat yuzaga kelganda voyaga yetmagan farzandini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlaganlik uchun qarzdor jinoiy javobgarlikka tortilgan taqdirda, aliment to‘lovlaridan yuzaga kelgan qarzdorlikni (ushbu jinoyat natijasida yetkazilgan zararni) qoplab berish (biryo‘la undiruvchiga to‘lab berish) maqsadida Aliment to‘lovlarini qoplab berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Davlat ijrochisi (Majburiy ijro byurosi mas‘ul xodimi) aliment to‘lovlarini qoplab berish to‘g‘risidagi qarorni unga jinoyat ishlari bo‘yicha sudning ijro hujjatini ilova qilgan holda Qaror qabul qilingan kundan boshlab 2 ish kunidan kechiktirilmagan holda Jamg‘armaga yuboradi.

Aliment to‘lovlari jamg‘armasi orqali aliment to‘lovlarini qoplab berish to‘g‘risidagi qaror asosida aliment to‘lovlari Qaror qabul qilingan kundan boshlab 2 (ikki) ish kunidan kechiktirilmagan holda qoplab beriladi.

 

Yuqori Chirchiq tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

 

 

R.Tuxtayev