Янгиликлар
Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv ob’ektlaridan foydalanuvchi suvdan foydalanuvchilarning majburiyatlari to‘g‘risida
Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv ob’ektlaridan foydalanuvchi suvdan foydalanuvchilarning majburiyatlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida” qonunning (Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv ob’ektlaridan foydalanuvchi suvdan foydalanuvchilarning majburiyatlari) 50-moddasida:- Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv ob’ektlaridan foydalanuvchi suvdan foydalanuvchilar ushbu Qonunning 35-moddasida nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari:
suv resurslarini samarali boshqarishi, limitdan ortiqcha suv olinishiga va suvdan maqsadsiz foydalanilishiga yo‘l qo‘ymasligi;
belgilangan tartibda yangi suv ob’ektlari qurilishini va ishlab turganlari rekonstruksiya qilinishini, shuningdek sug‘oriladigan yerlarning kompleks rekonstruksiya qilinishini tashkil etishi;
suvni tejaydigan texnologiyalarni va ilg‘or sug‘orish texnikasini joriy etish orqali sug‘orish vositalari va usullarini takomillashtirishda suv iste’molchilariga ko‘maklashishi;
qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalaniladigan suvlarning monitoringi asosida salbiy jarayonlarning sabablari va oqibatlarini bartaraf etishi shart deb belgilangan.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi
YUXKM bosh yuriskonsulti R.M.Mirzaaxmedov.