Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish va suv iste’moli to‘g‘risida


Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish va suv iste’moli to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida” qonunning (Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish va suv iste’moli) 47-moddasida:- Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish va suv iste’moli qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari, tashkilotlari, fermer va dehqon xo‘jaliklarining, shuningdek fuqarolarning sug‘oriladigan yerlarida qulay suv rejimini vujudga keltirish maqsadida amalga oshiriladi.

Suv ob’ektlaridan qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish limit bo‘yicha suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilishning belgilangan tartibiga rioya etgan holda suvdan umumiy va maxsus foydalanish yoki suvni umumiy va maxsus iste’mol qilish tartibida amalga oshiriladi. Fermer va dehqon xo‘jaliklarining suv olish limitlari ularning roziligisiz o‘zgartirilishi mumkin emas, manbalarning suvi kamaygan hollar bundan mustasno.

Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma ushbu Qonunning 27-moddasiga muvofiq beriladi deb belgilangan.

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi

YUXKM bosh yuriskonsulti                            R.M.Mirzaaxmedov.