Янгиликлар
Aholini markazlashtirilmagan tartibda suv bilan ta’minlash to‘g‘risida
Aholini markazlashtirilmagan tartibda suv bilan ta’minlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida” qonunning (Aholini markazlashtirilmagan tartibda suv bilan ta’minlash) 42-moddasida:- Aholining ichimlik, maishiy va boshqa ehtiyojlarini markazlashtirilmagan tartibda suv bilan ta’minlash uchun suv ob’ektlaridan foydalanganda korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer, dehqon xo‘jaliklari va fuqarolar suvdan umumiy yoki maxsus foydalanish yoxud suvni umumiy yoki maxsus iste’mol qilish tartibida bevosita yer usti yoki yer osti suv ob’ektlaridan suv olishga haqlidir. Zarur hollarda, bunday suv olish kanallar, kollektorlar, suv omborlarini loyihalash, qurish va rekonstruksiya qilish chog‘ida nazarda tutilishi va me’yorlab qo‘yilishi lozim. Shu maqsadlar uchun mo‘ljallangan suv olish inshootlaridan foydalanish tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi hududiy bo‘linmalarining qarorlariga muvofiq hamda suv ob’ektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar, shuningdek ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, sanitariya nazorati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari mazkur suv olish inshootlarining tegishli sanitariya-texnika holatida bo‘lishini ta’minlashi shart deb belgilangan.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi
YUXKM bosh yuriskonsulti R.M.Mirzaaxmedov.