Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Suvdan foydalanuvchilarning majburiyatlari to‘g‘risida


Suvdan foydalanuvchilarning majburiyatlari to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida” qonunning (Suvdan foydalanuvchilarning majburiyatlari) 35-moddasida:- Suvdan foydalanuvchilar:

suv ob’ektlaridan oqilona foydalanishi, suvni tejab sarflash, suvlarning sifatini tiklash va yaxshilash to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi;

belgilangan suv olish limitlariga va suvdan foydalanish qoidalariga rioya etishi;

suvdan maxsus foydalanishda qonunchilikda belgilangan tartibda ruxsatnomani rasmiylashtirishi;

ifloslantiruvchi moddalar mavjud bo‘lgan oqova suvlarni suv ob’ektlariga oqizishni tamomila tugatish chora-tadbirlarini ko‘rishi;

boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlari buzilishiga, shuningdek suv ob’ektlariga, xo‘jalik ob’ektlari va tabiiy resurslarga (erlar, o‘simlik va hayvonot dunyosi, foydali qazilmalar va boshqalarga) zarar yetkazilishiga yo‘l qo‘ymasligi;

suv ob’ektlarini, suvni muhofaza qilish inshootlarini va boshqa inshootlarni, texnik qurilmalarni texnik jihatdan soz holatda saqlashi, ularni ishlatish sifatini yaxshilashi hamda ulardan foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya etishi;

suvni olish va berishda suv miqdori hisobini yuritishi, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda hisobotni taqdim etishi;

suv resurslaridan foydalanganlik, shuningdek suvni yetkazib berish bo‘yicha xizmatlar va ko‘rsatilgan boshqa suv xo‘jaligi xizmatlari uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida shartnomaviy asosda to‘lashi;

suvni tejash va raqamli texnologiyalarni joriy etish choralarini ko‘rishi;

suv resurslaridan oqilona foydalanishda suv iste’molchilariga ko‘maklashishi;

suvlarning bulg‘anishi, ifloslanishi va kamayib ketishining oldini olish hamda ularni bartaraf etish, suv ob’ektlariga suvlarning zararli ta’sirini bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rishi, shuningdek yer usti va yer osti suvlari to‘planadigan maydonlarning ifloslanishiga yo‘l qo‘ymasligi;

suv ob’ektlarining suvni muhofaza qilish zonalari, sohil bo‘yi mintaqalari va sanitariya muhofazasi zonalarini saqlashning belgilangan rejimiga rioya qilishi;

suvlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning vakillarini o‘z suv xo‘jaligi ob’ektlariga belgilangan tartibda kiritishi hamda ularga zarur axborotni taqdim etishi;

suvlarning va suv ob’ektlarining holatiga ta’sir etadigan avariyalar va boshqa tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganligi to‘g‘risida mahalliy davlat hokimiyati organlarini o‘z vaqtida xabardor qilishi va ularning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlarni amalga oshirishda, shuningdek suv ob’ektlarida ta’mirlash-tiklash ishlarida qonunchilikda belgilangan tartibda ishtirok etishi;

baliqlarni, boshqa suv florasi va faunasini muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishi shart.

Suvdan foydalanuvchilar zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin deb belgilangan.

 

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi

YUXKM bosh yuriskonsulti                            R.M.Mirzaaxmedov.