Янгиликлар
Suvdan foydalanuvchilarning huquqlari to‘g‘risida
Suvdan foydalanuvchilarning huquqlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida” qonunning ( Suvdan foydalanuvchilarning huquqlari) 32-moddasida:- Suvdan foydalanuvchilar:
suv ob’ektlari qanday maqsadlar uchun foydalanishga berilgan bo‘lsa, faqat shu maqsadlarda foydalanish;
suvdan foydalanishni amalga oshirish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda inshootlar, qurilmalar hamda boshqa ob’ektlarni qurish va rekonstruksiya qilish;
berilayotgan suvning miqdori va sifatini tekshirish;
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, suvdan foydalanish to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha olinmay qolgan suv uchun kompensatsiya talab qilish;
suv resurslarini boshqarishga oid qarorlar qabul qilinishida ishtirok etish;
manbaning taxmin qilingan va haqiqiy suvliligidan kelib chiqqan holda suv olish limitlarini o‘zgartirish bo‘yicha takliflar kiritish;
o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarining buzilishi, shu jumladan belgilangan suv olish limitlari va suv berish rejimiga muvofiq suv olish huquqining buzilishi tufayli yetkazilgan zararning o‘rni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanishini talab qilish huquqiga egadir.
Suvdan foydalanuvchilar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin deb belgilangan.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi
YUXKM bosh yuriskonsulti R.M.Mirzaaxmedov.