Янгиликлар
Suv olish limitlari to‘g‘risida
Suv olish limitlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida” qonunning ( Suv olish limitlari) 30-moddasida:- Suv olish limitlari barcha suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilariga nisbatan belgilanadi.
Suv olish limitlari (ushbu moddaning uchinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno) suv xo‘jaligi organlari tomonidan suv manbalari, havza irrigatsiya tizimlari, magistral kanallar (tizimlar), irrigatsiya tizimlari, iqtisodiyot tarmoqlari, hududlar, suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari bo‘yicha belgilanadi, yer osti suvlari borasida esa geologiya va mineral resurslar organlari bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda boshqa suv iste’molchilari uchun suv olish limitlari ularga xizmat ko‘rsatuvchi suv iste’molchilari uyushmalari tomonidan belgilanadi.
Kommunal va maishiy xo‘jaliklarning suv olish limitlari tegishli foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan belgilanadi.
Suv olish limitlari suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari uchun manbalarning taxmin qilingan va haqiqiy suvliligi hisobga olingan holda qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun bir yilda ikki marta hamda boshqa ehtiyojlar uchun bir yilda bir marta belgilanadi va ular uchun majburiydir.
Suvdan foydalanuvchilarning suvni yetkazib berish bo‘yicha xizmatlari, shuningdek ko‘rsatilgan boshqa suv xo‘jaligi xizmatlari uchun shartnoma asosida haq to‘lanadi deb belgilangan.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi
YUXKM bosh yuriskonsulti R.M.Mirzaaxmedov.