Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Suvdan foydalanish turlari to‘g‘risida


Suvdan foydalanish turlari to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida” qonunning (Suvdan foydalanish turlari) 21-moddasida:- Suv ob’ektidan suv olish usuliga, suvlarning va suv ob’ektlarining holatiga ta’sir etilishiga qarab suvdan foydalanish suvdan umumiy va maxsus foydalanishga bo‘linadi.

Jismoniy shaxslar tomonidan suvlarning va suv ob’ektlarining holatiga ta’sir etuvchi maxsus inshootlar va qurilmalarni qo‘llamagan holda o‘z ehtiyojlarini hamda boshqa ehtiyojlarni qondirish maqsadida suvdan foydalanish suvdan umumiy foydalanishdir.

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan suvlarning va suv ob’ektlarining holatiga ta’sir etuvchi maxsus inshootlar va qurilmalarni qo‘llagan holda amalga oshiriladigan suvdan foydalanish suvdan maxsus foydalanishdir. Suvdan maxsus foydalanishga ayrim hollarda maxsus inshootlar va qurilmalarni qo‘llamagan holda, ammo suvlarning va suv ob’ektlarining holatiga ta’sir etadigan suvdan foydalanish ham kiritilishi mumkin.

Suvdan umumiy va maxsus foydalanish turlari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan qonunchilikka muvofiq belgilanadi.

Suv ob’ektlari tanho yoki birgalikda foydalanishda bo‘lishi mumkin.

Qonunchilikda belgilangan tartibda yuridik yoki jismoniy shaxslarga butunlay yoki qisman foydalanishga berilgan suv ob’ekti tanho foydalaniladigan suv ob’ektidir.

Tanho foydalanishga berilmagan suv ob’ekti birgalikda foydalaniladigan suv ob’ektidir.

Suv ob’ektlari qonunchilikda belgilangan tartibda suv xo‘jaligi, sanitariya nazorati, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, geologiya va mineral resurslar organlari bilan kelishilgan holda foydalanishga beriladi.

Suv ob’ektlari suvdan foydalanuvchilarga suv iste’molchilarining qishloq xo‘jaligi, ichimlik, davolash va maishiy ehtiyojlarini, aholining kurort, rekreatsiya va o‘zga ehtiyojlarini, sanoat, energetika, transport, baliqchilik xo‘jaligi hamda boshqa davlat yoki jamoat ehtiyojlarini qondirish uchun qonunchilikda nazarda tutilgan talablar va shartlarga rioya qilingan holda foydalanishga beriladi.

Oqova suvlarni oqizish uchun suv ob’ektlaridan foydalanishga qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda hamda maxsus talablar va shartlarga rioya qilingan taqdirdagina yo‘l qo‘yilishi mumkin.

Suv ob’ektlari bitta yoki ayni bir vaqtda bir nechta maqsadda foydalanishga berilishi mumkin deb belgilangan.

 

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi

YUXKM bosh yuriskonsulti                            R.M.Mirzaaxmedov.