Янгиликлар
Suv iste’molchilari uyushmalari to‘g‘risida
Suv iste’molchilari uyushmalari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida” qonunning (Suv iste’molchilari uyushmalari) 182-moddasida:- Suv iste’molchilari uyushmalari asosan gidrografiya prinsipiga yoki suv resurslarini oqilona boshqarish va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlaydigan boshqa shartlarga muvofiq tashkil etiladi.
Fermer xo‘jaliklari, yuridik shaxs tashkil etgan holdagi dehqon xo‘jaliklari, shuningdek yuridik shaxs bo‘lgan boshqa suv iste’molchilari suv iste’molchilari uyushmalarining muassislari bo‘lishi mumkin.
Fermer va dehqon xo‘jaliklari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek boshqa suv iste’molchilari suv iste’molchilari uyushmalarining a’zolari bo‘lishi mumkin.
Suv iste’molchilari uyushmasi va uning xizmat ko‘rsatish zonasida joylashgan a’zolari, shuningdek boshqa suv xo‘jaligining foydalanuvchi tashkilotlari hamda o‘zga yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi suvga doir munosabatlar shartnoma asosida tartibga solinadi.
Suv iste’molchilari uyushmalarining faoliyatini moliyalashtirish o‘z a’zolarining har yillik a’zolik badallari, shartnoma asosida suv yetkazib berganlik va boshqa suv xo‘jaligi xizmatlari uchun to‘lovlar, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Suv iste’molchilari uyushmalari suvdan foydalanish qoidalari buzilgan, suvdan maqsadsiz foydalanilgan taqdirda, shuningdek limitdan ortiqcha suv olingan, a’zolik badallari, suv yetkazib berganlik va boshqa suv xo‘jaligi xizmatlari uchun to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanmagan taqdirda, qonunning hamda shartnoma shartlarining aniqlangan buzilishlari bartaraf etilguniga qadar suv iste’molchilariga suv yetkazib berishni to‘xtatishga haqli deb belgilangan.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi
YUXKM bosh yuriskonsulti R.M.Mirzaaxmedov.