Янгиликлар
Suvlarning va suv ob’ektlarining holatiga ta’sir etuvchi korxonalar, inshootlarni hamda boshqa ob’ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash loyihalarining kelishib olinishi va davlat ekspertizasi to‘g‘risida
Suvlarning va suv ob’ektlarining holatiga ta’sir etuvchi korxonalar, inshootlarni hamda boshqa ob’ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash loyihalarining kelishib olinishi va davlat ekspertizasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida” qonunning (Suvlarning va suv ob’ektlarining holatiga ta’sir etuvchi korxonalar, inshootlarni hamda boshqa ob’ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash loyihalarining kelishib olinishi va davlat ekspertizasi) 14-moddasida:- Suvlarning va suv ob’ektlarining holatiga ta’sir etuvchi korxonalar, inshootlarni hamda boshqa ob’ektlarni qurish va rekonstruksiya qilish loyihalari, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, geologiya va mineral resurslar organlari hamda boshqa organlar bilan kelishib olinishi lozim, shuningdek qonunchilikka muvofiq davlat ekspertizasidan o‘tkaziladi.
Melioratsiya ob’ektlarini ta’mirlash va tiklash loyihalari qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkaziladi.
Ishlab chiqarish sharoitlariga ko‘ra aylanma suv ta’minotiga va chiqitsiz texnologiyaga o‘tkazilishi mumkin bo‘lmagan sanoat korxonalarining suv bilan to‘xtovsiz ta’minlash tizimlarini loyihalash, qurish va rekonstruksiya qilishga yo‘l qo‘yilmaydi deb belgilangan.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi
YUXKM bosh yuriskonsulti R.M.Mirzaaxmedov.