Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

O‘rmoning Asosiy tushunchalar to‘g‘risida


 

O‘rmoning Asosiy tushunchalar to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasining “O‘rmon to‘g‘risida” qonunning (Asosiy tushunchalar) 4-moddasida:- o‘rmon — o‘rmon fondi yerlaridagi o‘zaro ta’sir ko‘rsatuvchi va atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatadigan, ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega daraxtlar, butalar va boshqa tabiiy ob’ektlar (er, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi, atmosfera havosi) majmui;

o‘rmonlarni ko‘paytirish — o‘rmon bilan qoplanmagan o‘rmon fondi yerlarida daraxtlar va butalarni ekish hamda yetishtirish;

o‘rmonlarni muhofaza qilish — o‘rmonlarga salbiy ta’sirlarning oldini olishga qaratilgan faoliyat;

o‘rmonlarni takroriy ko‘paytirish — daraxt va butalarning tabiiy muhitda o‘sishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda o‘rmon fondi yerlarida o‘rmon daraxtlari urug‘lari va ko‘chatlarini plantatsiya usulida ekish;

o‘rmondan foydalanuvchilar — o‘rmondan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar;

o‘rmonlarni qayta tiklash — kesilgan, yong‘inlar, o‘rmon zararkunandalari, kasalliklari hamda boshqa salbiy ta’sirlar oqibatida shikast yetkazilgan daraxt va butalar o‘rnida iqlim sharoitlariga mos keladigan daraxt va butalar turlarini ekish deb belgilangan.

 

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi

YUXKM bosh yuriskonsulti                            R.M.Mirzaaxmedov.