Янгиликлар
Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtzor va butazorlar to‘g‘risida
Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtzor va butazorlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘rmon to‘g‘risida” qonunning (Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtzor va butazorlar) 7-moddasida:- Quyidagilar davlat o‘rmon fondiga kirmaydi:
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardagi ekinzorlarning ihota daraxtzorlari, shuningdek boshqa daraxtzor va butazorlar;
temir yo‘llarning, avtomobil yo‘llarining, tabiiy va sun’iy suv oqimlarining, suv havzalarining hamda boshqa suv ob’ektlarining ajratilgan mintaqalaridagi ihota daraxtzorlar;
shaharlardagi hamda boshqa aholi punktlaridagi daraxtzor va butazorlar, shuningdek ko‘kalamzorlashtirish uchun ekilgan o‘simliklar;
tomorqalardagi va bog‘ uchastkalaridagi daraxtzor va butazorlar.
Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtzor va butazorlarni barpo etish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish, ularni parvarish qilish, muhofaza qilish hamda ulardan oqilona foydalanish o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi deb belgilangan.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi
YUXKM bosh yuriskonsulti R.M.Mirzaaxmedov.