Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasidagi vakolatlari to‘g‘risida


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasidagi vakolatlari to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasining “O‘rmon to‘g‘risida” qonunning (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasidagi vakolatlari) 12-moddasida:- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasida:

yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;

normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi;

davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;

umumdavlat ahamiyatiga molik muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;

davlat o‘rmon fondini tasarruf etadi;

o‘rmonlarning qo‘riqlanish toifalarini aniqlash tartibini belgilaydi;

o‘rmondan foydalanganlik uchun haq undirish tartibi va miqdorlarini belgilaydi;

davlat nazoratini tashkil etadi va amalga oshiradi;

o‘rmonlarning monitoringini, davlat hisobini va davlat o‘rmon kadastrini yuritish tartibini belgilaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin deb belgilangan.

 

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi

YUXKM bosh yuriskonsulti                            R.M.Mirzaaxmedov.