Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasidagi vakolatlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasidagi vakolatlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘rmon to‘g‘risida” qonunning (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasidagi vakolatlari) 13-moddasida:- O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasida:
yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirishda ishtirok etadi;
o‘z vakolatlari doirasida qoidalar, normalar va normativlarni qabul qiladi;
barcha o‘rmonlarda o‘rmon tuzishning yagona tizimini belgilaydi;
o‘rmon fondi yerlarida idoraviy nazoratni amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobini yuritishda ishtirok etadi;
qonunchilikda belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarga o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan maxsus foydalanish, pichan o‘rish, chorva mollarini o‘tlatish, daraxtzor hamda butazorlarni kesish uchun ruxsatnoma beradi;
o‘rmon fondi yerlarida biotexnik tadbirlarni amalga oshiradi;
o‘rmon fondi yerlaridagi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni, o‘rmon-ovchilik, ovchilik va (yoki) baliqchilik xo‘jaliklarini yuritish, boshqarish hamda rivojlantirishni tashkil etadi;
o‘rmonlarni qayta tiklash va ihota o‘rmonlarni ko‘paytirishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqilishini hamda amalga oshirilishini, tog‘ yonbag‘irlari, jarliklar va tashlandiq yerlarda eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etish ishlarining bajarilishini tashkil etadi;
o‘rmonlarning mahsuldorligini oshirish maqsadida ilg‘or ilmiy-texnika yutuqlarini joriy etadi, o‘simliklar seleksiyasi va urug‘chilik bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazadi;
manzarali, mevali daraxtlar va butalarni yetishtirishga, dorivor o‘simliklarning plantatsiyalarini barpo etishga doir usullarni ishlab chiqadi, manzarali o‘simliklar ko‘chatlarini sertifikatlashtirish hamda standartlashtirishning yagona tizimi ishlab chiqilishi va joriy etilishini ta’minlaydi;
o‘rmonlarning monitoringini, davlat hisobini, davlat o‘rmon kadastrini belgilangan tartibda yuritadi;
o‘rmonlarni yong‘inlar, zararkunandalardan va kasalliklardan himoya qilishga doir chora-tadbirlar amalga oshirilishini, o‘rmonlarning qonunga xilof ravishda kesishlardan hamda o‘rmon to‘g‘risidagi qonunchilikning boshqacha tarzda buzilishlaridan muhofaza qilinishini ta’minlaydi;
o‘rmon xo‘jaliklarida bir-biriga bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik faoliyatini kengaytirish va rivojlantirishni, ko‘chat yetishtirishni, dorivor o‘simliklar yig‘ishni, asalarichilik, baliqchilik, chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishni hamda qayta ishlashni, xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarishni tashkil etadi;
o‘rmon xo‘jaligi sohasida mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin deb belgilangan.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi
YuXKM bosh yuriskonsulti R.M.Mirzaaxmedov.