Янгиликлар
Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda fuqarolarning o‘rmonlarni muhofaza qilishni, himoya qilishni, ko‘paytirishni, takroriy ko‘paytirishni, qayta tiklashni, ularning mahsuldorligini oshirishni va ulard
Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda fuqarolarning o‘rmonlarni muhofaza qilishni, himoya qilishni, ko‘paytirishni, takroriy ko‘paytirishni, qayta tiklashni, ularning mahsuldorligini oshirishni va ulardan foydalanishni ta’minlashda ishtirok etishi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘rmon to‘g‘risida” qonunning (Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda fuqarolarning o‘rmonlarni muhofaza qilishni, himoya qilishni, ko‘paytirishni, takroriy ko‘paytirishni, qayta tiklashni, ularning mahsuldorligini oshirishni va ulardan foydalanishni ta’minlashda ishtirok etishi) 16-moddasida:- Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasida:
davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
aholi o‘rtasida fuqarolarning huquqiy savodxonligini va ekologik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tushuntirish ishlarini amalga oshirishda ishtirok etadi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish bo‘yicha boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi, davlat organlariga ko‘maklashishi mumkin deb belgilangan.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi
YUXKM bosh yuriskonsulti R.M.Mirzaaxmedov.