Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

O‘rmonlarni muhofaza qilish to‘g‘risida


O‘rmonlarni muhofaza qilish to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasining “O‘rmon to‘g‘risida” qonunning (O‘rmonlarni muhofaza qilish) 23-moddasida:- Davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z vakolatlari doirasida o‘rmonni undan foydalanish tartibi buzilishidan, shu jumladan o‘rmonni qonunga xilof ravishda kesishlardan hamda o‘rmonga boshqacha tarzda zararli ta’sir ko‘rsatilishidan muhofaza qilinishini ta’minlaydi.

Davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘rmonda yong‘inning oldini olish, yong‘inga qarshi kurashishga oid chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlaydi, zarur hollarda yong‘inni o‘chirish uchun aholini, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning o‘t o‘chirish, yer qazish texnikasini hamda transport vositalarini jalb etadi, yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan davrda aholining o‘rmonda bo‘lishini hamda o‘rmonlarga transport vositalari va boshqa vositalar kirishini cheklaydi yoki taqiqlaydi.

O‘rmondan foydalanuvchilar o‘rmonlarda yong‘in xavfsizligiga rioya etishi, ish joylarida yong‘inga qarshi tadbirlar o‘tkazishi, o‘rmonlarda yong‘inlar chiqqan taqdirda esa ularning o‘chirilishini ta’minlashi shart deb belgilangan.

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi

YUXKM bosh yuriskonsulti                            R.M.Mirzaaxmedov.