Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

O‘rmon qo‘riqchiligi to‘g‘risida


O‘rmon qo‘riqchiligi to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasining “O‘rmon to‘g‘risida” qonunning (O‘rmon qo‘riqchiligi) 25-moddasida:- O‘rmon qo‘riqchiligi o‘rmonlarni muhofaza qilish va himoya qilishni ta’minlash maqsadida davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari tomonidan tashkil etiladi.

O‘rmon qo‘riqchiligining mansabdor shaxslari ayni vaqtda davlat o‘rmon xo‘jaligi organlarining inspektorlaridir.

O‘rmon qo‘riqchiligining mansabdor shaxslari o‘z vakolatlari doirasida:

yuridik va jismoniy shaxslarning o‘rmondan foydalanishga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini tekshiradi;

o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ulardan foydalanish va ularni takroriy ko‘paytirish sohasidagi ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar tuzadi;

ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadi;

huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni tegishli organlarga olib boradi;

qonunga xilof ravishda qo‘lga kiritilgan o‘rmon mahsulotini va uni qo‘lga kiritish vositalarini olib qo‘yadi;

huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarni intizomiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi materiallarni tegishli organlarga yuboradi;

o‘rmon to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risida sudga da’volar taqdim etadi;

yuridik va jismoniy shaxslarga o‘rmon to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlarini bartaraf etish haqida ko‘rsatmalar beradi.

O‘rmon qo‘riqchiligining faoliyat ko‘rsatish tartibi va davlat o‘rmon xo‘jaligi organlarining o‘rmon qo‘riqchiligini amalga oshiruvchi inspektorlari tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi

YUXKM bosh yuriskonsulti                            R.M.Mirzaaxmedov.