Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

O‘rmonlarning qo‘riqlanish toifalari to‘g‘risida


 O‘rmonlarning qo‘riqlanish toifalari to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasining “O‘rmon to‘g‘risida” qonunning (O‘rmonlarning qo‘riqlanish toifalari) 27-moddasida:- O‘rmonlar belgilangan maqsadi va bajaradigan vazifalariga muvofiq quyidagi qo‘riqlanish toifalari jumlasiga kiritiladi:

o‘rmonlarning daryolar, ko‘llar, suv omborlari va boshqa suv ob’ektlari sohillari bo‘ylab o‘tgan taqiqlangan mintaqalari;

o‘rmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvuldiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalari;

eroziyadan saqlaydigan o‘rmonlar;

o‘rmonlarning temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari yoqalab o‘tgan ihota mintaqalari;

cho‘l va chala cho‘l zonalarining o‘rmonlari;

shahar o‘rmonlari va o‘rmon-bog‘lari;

shaharlar, boshqa aholi punktlari va sanoat markazlarining ko‘kalamzorlashtirilgan zonalari atrofidagi o‘rmonlar;

suv ta’minoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalaridagi o‘rmonlar;

alohida qimmatga ega bo‘lgan o‘rmonlar;

yong‘oqchilik zonalaridagi o‘rmonlar;

o‘rmonlarning mevali daraxtzorlari;

davlat qo‘riqxonalarining o‘rmonlari;

majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalarining o‘rmonlari;

tabiat bog‘larining o‘rmonlari;

buyurtma qo‘riqxonalarning o‘rmonlari;

kurort tabiiy hududlarning o‘rmonlari;

davlat biosfera rezervatlarining o‘rmonlari;

davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning o‘rmonlari;

ilmiy yoki tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘rmonlar.

O‘rmonlarni qo‘riqlanish toifalariga kiritish O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi deb belgilangan.

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi

YUXKM bosh yuriskonsulti                            R.M.Mirzaaxmedov.