Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

O‘rmonlarni ko‘paytirish to‘g‘risida


O‘rmonlarni ko‘paytirish to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasining “O‘rmon to‘g‘risida” qonunning (O‘rmonlarni ko‘paytirish) 28-moddasida:- O‘rmonlarni ko‘paytirish o‘rmondan foydalanuvchilar tomonidan hududlarning serdaraxtligini oshirish, o‘rmonlarning tur tarkibini yaxshilash, qimmatli daraxt navlarini ko‘paytirish va eroziya jarayonlarining oldini olish maqsadida quyidagilar orqali maxsus dasturlar bo‘yicha amalga oshiriladi:

daraxtlar va butalarning ko‘chatlarini, urug‘larini ekish;

tog‘ yonbag‘irlari, jarliklar va tashlandiq yerlarda eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etish ishlarini bajarish;

qimmatli daraxt navlarini ko‘paytirish maqsadida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, manzarali, mevali daraxtlar va butalar yetishtirishning samarali usullarini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish.

O‘rmonlarni ko‘paytirish qonunchilikka muvofiq boshqa yo‘llar bilan ham amalga oshiriladi.

O‘rmonlarni ko‘paytirish uchun beriladigan, qishloq xo‘jaligiga va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar qonunchilikka muvofiq o‘rmon fondi yerlari toifasiga o‘tkaziladi deb belgilangan.

 

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi

YUXKM bosh yuriskonsulti                            R.M.Mirzaaxmedov.