Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

O‘rmondan foydalanish to‘g‘risida


O‘rmondan foydalanish to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasining “O‘rmon to‘g‘risida” qonunning (O‘rmondan foydalanish) 31-moddasida:- Davlat o‘rmon fondi uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga foydalanishga berilishi mumkin.

O‘rmondan foydalanish umumiy yoki maxsus bo‘lishi mumkin.

O‘rmondan umumiy foydalanish jismoniy shaxslar tomonidan bepul va o‘z ehtiyojlari uchun belgilangan hajmlarda, ushbu Qonun 36-moddasi birinchi qismining oltinchi va ettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan foydalanish turlari bo‘yicha amalga oshiriladi.

O‘rmondan maxsus foydalanish uchun haq to‘lanadi. To‘lovlar miqdori va ularni undirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

O‘rmondan foydalanish doimiy va vaqtincha bo‘lishi mumkin.

O‘rmon fondi yerlari o‘zlariga doimiy foydalanishga berib qo‘yilgan o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlari o‘rmondan doimiy foydalanuvchilardir.

O‘rmondan qisqa muddatli yoki uzoq muddatli foydalanish huquqini beruvchi tegishli hujjatlar asosida davlat o‘rmon fondi uchastkalaridan foydalanishni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar o‘rmondan vaqtincha foydalanuvchilardir.

O‘rmondan vaqtincha foydalanish qisqa muddatli — uch yilgacha va uzoq muddatli — o‘n yilgacha bo‘lishi mumkin.

O‘rmon fondining foydalanilmayotgan yerlari jismoniy va yuridik shaxslarga investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik asosida uch yildan kam bo‘lmagan va qirq to‘qqiz yildan oshmaydigan muddatga ijaraga berilishi mumkin deb belgilangan.

 

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi

YUXKM bosh yuriskonsulti                            R.M.Mirzaaxmedov.