Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

O‘rmondan doimiy foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari to‘g‘risida


O‘rmondan doimiy foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasining “O‘rmon to‘g‘risida” qonunning (O‘rmondan doimiy foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari) 33-moddasida:- O‘rmondan doimiy foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega:

davlat o‘rmon fondining o‘zlariga berilgan uchastkalarida o‘rmon xo‘jaligini mustaqil yuritish, o‘rmondan foydalanish;

o‘rmon fondi yerlaridan, suv resurslaridan, keng tarqalgan foydali qazilmalardan belgilangan tartibda o‘rmon xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish;

belgilangan tartibda yo‘l ochish, o‘rmon mahsulotini joylashtirish uchun maydonchalarni jihozlash, ishlab chiqarish va turarjoy binolari hamda inshootlarini qurish;

tayyorlangan mahsulotga va uni realizatsiya qilishdan olingan daromadga mulkdor bo‘lish.

O‘rmondan doimiy foydalanuvchilar:

o‘rmonlarning muhofaza qilinishini, himoya qilinishini, ko‘paytirilishini, takroriy ko‘paytirilishini, qayta tiklanishini, mahsuldorligi oshirilishini va ulardan oqilona foydalanilishini ta’minlashi;

o‘rmonlarning monitoringini, davlat hisobini va davlat o‘rmon kadastrini yuritishi;

ishlarni o‘rmonlarning holatiga hamda ularni takroriy ko‘paytirishga, shuningdek tuproqning, o‘simlik va hayvonot dunyosining, suv ob’ektlarining va boshqa tabiiy ob’ektlarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydigan usullar bilan yuritishi;

o‘rmondan vaqtincha foydalanuvchilarning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishi;

o‘rmonlarda yong‘inga qarshi tadbirlar o‘tkazishi va yong‘inlarni bartaraf etish choralarini ko‘rishi, shuningdek o‘rmonlarni zararkunandalar hamda kasalliklardan himoya qilish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazishi;

o‘rmon fondi yerlarida biotexnik tadbirlarni amalga oshirishi;

muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rejimini ta’minlashi;

o‘rmondan foydalanuvchi boshqa shaxslarning huquqlarini buzmasligi shart.

O‘rmondan doimiy foydalanuvchilar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va ularning zimmasida o‘zga majburiyatlar bo‘lishi mumkin deb belgilangan.

 

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi

YUXKM bosh yuriskonsulti                            R.M.Mirzaaxmedov.