Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

O‘rmondan vaqtincha foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari to‘g‘risida


O‘rmondan vaqtincha foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasining “O‘rmon to‘g‘risida” qonunning (O‘rmondan vaqtincha foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari) 34-moddasida:- O‘rmondan vaqtincha foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega:

o‘rmondan foydalanishni o‘rmondan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlarda ko‘rsatilgan davlat o‘rmon fondi uchastkalari doirasida, belgilangan muddatlarda va o‘rmondan foydalanish turlari bo‘yicha amalga oshirish;

belgilangan tartibda yo‘l ochish, o‘rmon mahsulotini joylashtirish uchun maydonchalar jihozlash, ishlab chiqarish binolari va inshootlari qurish.

O‘rmondan vaqtincha foydalanuvchilar:

o‘zlariga berib qo‘yilgan yaylovlar, pichanzorlar va boshqa o‘rmonzorlardan oqilona foydalanishi;

ishlarni o‘rmonlarning holatiga hamda ularni takroriy ko‘paytirishga, shuningdek tuproqning, o‘simlik va hayvonot dunyosining, suv ob’ektlarining va boshqa tabiiy ob’ektlarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydigan usullar bilan yuritishi;

o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan oqilona foydalanish sohasida belgilangan qoidalar, normalar va normativlarga rioya etishi;

o‘rmonlarda yong‘inga qarshi tadbirlarni o‘tkazishi va yong‘inlarni bartaraf etish choralarini ko‘rishi, shuningdek o‘rmonlarni zararkunandalar hamda kasalliklardan himoya qilish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazishi;

o‘rmondan doimiy foydalanuvchilar bilan kelishilgan holda davlat o‘rmon fondi uchastkalarida biotexnik tadbirlarni amalga oshirishi;

o‘rmondan foydalanganlik uchun o‘z vaqtida va belgilangan tartibda haq to‘lashi;

o‘rmondan foydalanuvchi boshqa shaxslarning huquqlarini buzmasligi shart.

O‘rmondan vaqtincha foydalanuvchilar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va ularning zimmasida o‘zga majburiyatlar bo‘lishi mumkin deb belgilangan.

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi

YUXKM bosh yuriskonsulti                            R.M.Mirzaaxmedov.