Янгиликлар
UY-JOY UCHUN SUBSIDIYA OLISHGA OYLIK DAROMAD QANCHA BOʻLISHI KERAK?
UY-JOY UCHUN SUBSIDIYA OLISHGA OYLIK DAROMAD QANCHA BOʻLISHI KERAK?
Vazirlar Mahkamasining 182-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan,
subsidiya orqali uy-joy olmoqchi boʻlgan talabgor shaxs yoki oilaning qonunchilik hujjatlariga muvofiq aniqlanishi mumkin boʻlgan oʻrtacha oylik daromadlari miqdori:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori (1 050 000 soʻm)ning 2,7 baravari (2 835 000 soʻm)dan 8 baravari (8 400 000 soʻm)gacha;
Toshkent shahrida 2,7 baravari (2 835 000 soʻm)dan 9,2 baravari (9 660 000 soʻm)gacha boʻlishi talab etiladi.
Subsidiya orqali uy olmoqchi boʻlgan talabgor shaxs yoki oila qaysi hududda yashashidan qatʻiy nazar, ularning daromadi bir oyda eng kamida yuqoridagi 2 835 000 soʻmdan kam boʻlmasligi kerak.
Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonsulti: N.P.Nazarimbetov