Янгиликлар
Talabani maktabda pedagog lavozimiga asosiy ishchi sifatida qabul qilish mumkin.
Talabani maktabda pedagog lavozimiga asosiy ishchi sifatida qabul qilish mumkin.
Talabalarni ishga qabul qilish bilan bogʻliq masalada ularni koʻpincha oʻrindosh asosida rasmiylashtirish odat tusiga aylangan. Xuddiki, ish beruvchi talabani asosiy joyi oʻquv muassasasi deb oʻylaydi. Mazkur holat yuzasidan talabani ishga olishda rasmiylashtirish yuzasidan birqancha savollar kelgan.
Vazirlar Mahkamasining Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan "Xalq taʻlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisida"gi nizomning 8-bandiga asosan Oliy taʻlim muassasasining kunduzgi, kechki, sirtqi taʻlim shakllarining pedagogika yoʻnalishlarida oʻqiyotgan shaxslar 3-kursdan boshlab oʻqishiga xalaqit bermagan holda pedagoglik ishini amalga oshirish uchun umumtaʻlim muassasalarida asosiy ish joyi sifatida ishga qabul qilinishi mumkin va ularga oʻrta maxsus, kasbiy maʻlumotga ega boʻlgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilangan.
Mazkur asosga koʻra talabani ishga qabul qilishda uni asosiy ishchi sifatida rasmiylashtirish maqsadga muvofiq.
Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonsulti: N.P.Nazarimbetov