Янгиликлар
FARZANDLARI XUSUSIY MAKTAB YOKI BOGʻCHALARGA BORADIGAN OTA-ONALARGA DAROMAD SOLIGʻI BOʻYICHA IMTIYOZ BERILGAN
FARZANDLARI XUSUSIY MAKTAB YOKI BOGʻCHALARGA BORADIGAN OTA-ONALARGA DAROMAD SOLIGʻI BOʻYICHA IMTIYOZ BERILGAN
Soliq kodeksining 378-moddasiga asosan,
"Farzandlariga nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari yoki maktablar koʻrsatadigan taʼlimga oid xizmatlar uchun ota-ona va farzandlikka oluvchilar tomonidan har bir farzand uchun toʻlanadigan oyiga 3 million soʻmgacha boʻlgan toʻlovlar» daromad soligʻiga tortilmaydigan toʻlovlar xisoblanishi belgilangan.
Yana bir holat shuki, ushbu normada 3 mln soʻmGACHA deyilmoqda. Bu degani aynan 3 mln soʻm boʻlishi kerak degani emas. Undan kamroq toʻlansa xam bu imtiyozdan foydalanish mumkin, faqat toʻlovning maksimal miqdori 3 mln soʻm.
Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonsulti: N.P.Nazarimbetov