Янгиликлар
Sirtqi taʻlimda oʻqiyotganlar uchun alohida oʻquv taʻtillari beriladi.
Sirtqi taʻlimda oʻqiyotganlar uchun alohida oʻquv taʻtillari beriladi.
Mehnat kodeksining 385-moddasiga asosan oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʻlimi tashkilotlarida kechki yoki sirtqi taʻlim shakli boʻyicha oʻqiyotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyalarida ishtirok etgan davr uchun oʻquv taʻtillari:
oliy taʻlim tashkilotlarida kechki taʻlim shaklida oʻqiyotgan birinchi va ikkinchi kurs talabalariga — kamida yigirma kalendar kun, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʻlimi tashkilotlarida — kamida oʻn kalendar kun, oliy va oʻrta maxsus taʻlim tashkilotlarida sirtqi taʻlim shaklida oʻqiyotganlarga esa — kamida oʻttiz kun;
oliy taʻlim tashkilotlarida kechki taʻlim shaklida uchinchi va undan yuqori kurslarda oʻqiyotganlarga — kamida oʻttiz kalendar kun, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʻlimi tashkilotlarida — kamida yigirma kalendar kun, oliy va oʻrta maxsus taʻlim, kasb hunar taʻlimi tashkilotlarida sirtqi taʻlim shaklida oʻqiyotganlarga esa kamida qirq kalendar kun muddatga oʻrtacha ish haqi saqlangan holda har yili beriladi.
Ishni oʻqish bilan birga olib borayotgan xodimlarga navbatdagi mehnat taʻtillari ular oʻquv taʻtillaridan foydalanganligidan qatʻi nazar beriladi.
Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonsulti: N.P.Nazarimbetov