Янгиликлар
HOMILADORLIK VA TUGʻISH TAʻTILI
HOMILADORLIK VA TUGʻISH TAʻTILI
Mehnat kodeksining 404-moddasiga koʻra,
Ayolga tugʻruqqacha yetmish kalendar kun hamda tugʻruqdan keyin ellik olti kalendar kun (tugʻish qiyin kechgan yoxud ikki yoki undan ortiq bola tugʻilgan taqdirda yetmish kalendar kun) homiladorlik va tugʻish taʻtili berilib, qonunchilikda belgilangan, lekin oʻrtacha oylik ish haqining yetmish besh foizidan kam boʻlmagan miqdorda nafaqa toʻlanadi.
Homiladorlik va tugʻish taʻtili ayolga jamlangan holda hisoblab chiqarilib, tugʻruqqacha haqiqatda foydalanilgan kunlar sonidan qatʻi nazar, toʻliq beriladi.
Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonsulti: N.P.Nazarimbetov