Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Xodimning "dekret"daligi yoki vaqtincha mehnatda qobilyatsizlik davri Har yilgi mehnat taʻtilini olish huquqini beradigan ish stajiga kiradi.


Xodimning "dekret"daligi yoki vaqtincha mehnatda qobilyatsizlik davri Har yilgi mehnat taʻtilini olish huquqini beradigan ish stajiga kiradi.

Koʻpchilik xodimlar mehnat taʻtilini berishda shunday holatlar haqida yozishmoqda yaʻni ishxona kadrlar boʻlimi tomonidan xodimni mehnat taʻtiliga chiqarishda uning "dekret""ligi yoki vaqtincha mehnatga qobilyatsizlik davrini mehnat taʻtilini olish huquqini beradigan ish stajiga qoʻshish yoki qoʻshmaslik bilan bogʻliq holatlar boʻyicha.

Mehnat kodeksining 226-moddasiga asosan Har yilgi asosiy mehnat taʻtilini va bitta tashkilotda yoki tarmoqda koʻp yillik ish staji uchun qoʻshimcha taʻtil olish huquqini beruvchi ish staji jumlasiga quyidagilar kiradi:

ish yili davomida haqiqatda ishlangan vaqt;

xodim haqiqatda ishlamagan, lekin mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomasiga muvofiq uning ish oʻrni (lavozimi) saqlangan vaqt, shu jumladan har yilgi mehnat taʻtili vaqti, dam olish kunlari, ishlanmaydigan bayram kunlari hamda qonunchilikda belgilangan boshqa davrlari;

mehnat shartnomasi qonunga xilof ravishda bekor qilinganda, xodim boshqa ishga oʻtkazilganda yoki u ishdan chetlashtirilganda va kelgusida xodim avvalgi ishiga tiklanganda majburiy progul vaqti;

agar tibbiy koʻrikdan oʻtmaslik yoki mehnatni muhofaza qilish sohasida bilim va koʻnikmalar tekshiruvidan oʻtmaslik xodimning aybisiz yuz bergan boʻlsa, majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoki mehnatni muhofaza qilish sohasida oʻquvdan oʻtmagan hamda bilim va koʻnikmalari tekshiruvdan oʻtmagan xodim ishdan chetlashtirilgan davr;

agar xizmat tekshiruvi natijalariga koʻra, mehnat majburiyatlarining buzilishidagi xodimning aybi tasdiqlanmasa yoxud mehnat majburiyatlarini buzish faktining oʻzi tasdiqlanmasa, ushbu xizmat tekshiruvini oʻtkazish vaqtida xodim ishdan chetlashtirilgan davr;

xodimning iltimosiga koʻra beriladigan, ish yili davomida ikki haftadan oshmaydigan ish haqi saqlanmaydigan taʻtillar vaqti;

jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida va ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasining shartlarida nazarda tutilgan boshqa vaqt davrlari.

Yaʻni yuqoridagi asosda koʻrinib turibdiki, xodimning "dekret""ligi yoki vaqtincha mehnatda qobilyatsizlik davri Har yilgi mehnat taʻtilini olish huquqini beradigan ish stajiga kiradi.

Shuni ham aytib oʻtish kerakki, Har yilgi asosiy mehnat taʻtilini olish huquqini beradigan ish staji jumlasiga quyidagilar kiritilmaydi:

xodim uzrli sabablarsiz ishda boʻlmagan vaqt;

xodim ishdan chetlashtirilgan davrlar;

bolani parvarishlash uchun beriladigan taʻtillar vaqti.

Zararli va (yoki) xavfli mehnat sharoitlaridagi, shuningdek noqulay tabiiy-iqlim sharoitlaridagi ish uchun har yilgi qoʻshimcha mehnat taʻtillarini olish huquqini beradigan ish stajiga faqat mazkur sharoitlarda haqiqatda ishlab berilgan vaqt kiritiladi.

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti:                                                               N.P.Nazarimbetov