Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

O‘zbekiston Respublikasi Prezidanti tomonidan 08.02.2024 yilda “Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim sohasi ob’ektlarini barpo etishda buyurtmachi xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-65-son qaror qabul qilindi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidanti tomonidan 08.02.2024 yilda “Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim sohasi ob’ektlarini barpo etishda buyurtmachi xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-65-son qaror qabul qilindi.

 

Qarorga ko‘ra, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklida Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi tashkil etiladi (Kompaniya).

2024–2026 yillarda O‘zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi (https://lex.uz/docs/6721094) doirasida Kompaniya maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi vazifasini bajaradi.

Unga ob’ektlar uchun markazlashgan holda asosiy qurilish materiallari, jihozlar va konstruksiyalarni (qurilish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan mebel jihozlari va asbob-uskunalar bundan mustasno) xarid qilish huquqi beriladi.

Kompaniya ob’ektlarning sifatini muntazam nazorat qilib borish maqsadida hududlar kesimida har beshta ob’ektga kamida bitta texnik nazorat xodimini biriktiradi.

Kompaniyaga mahalliy va xorijiy boshqaruvchi, maslahatchilarni (PMC – Project Management Consultancy) tender (tanlov) savdolarini o‘tkazmasdan, eng yaxshi takliflar orasidan tanlab olish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish orqali jalb qilish huquqi beriladi.

 

 

Nurafshon shahar

adliya bo‘limi boshlig‘i                                                              G.Roxmonkulov