Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 14.02.2024 yilda “Davlat mulkini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘RQ-907-son qonun imzolandi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 14.02.2024 yilda “Davlat mulkini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘RQ-907-son qonun imzolandi

 

Unga ko‘ra, xususiylashtiriladigan davlat mulki ob’ektlari quyidagilardan iborat:

-davlat ko‘chmas mulk ob’ektlari;

-davlat ulushlari (aksiyalari, ulushlari);

-davlat unitar korxonalari va davlat muassasalari.

Davlat mulki, to‘liq yoki qisman xususiylashtirilishi mumkin. (Bundan davlat mulkini boshqarish to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan xususiylashtirilmaydigan davlat mulki mustasno)

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi davlat mulkini xususiylashtirish sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Xususiylashtiriladigan davlat mulkining boshlang‘ich narxi vakolatli davlat organi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan belgilanadi.

Davlat mulkini xususiylashtirish quyidagi usullardan foydalangan holda amalga oshiriladi:

-auksion;

-tanlov savdolari;

-muzokaralarga ommaviy ravishda taklif qilish;

-raqobatga asoslangan muloqot;

-birja savdolari;

-davlat unitar korxonasini yoki davlat muassasasini mulkiy majmua tarzida xo‘jalik jamiyatining ustav fondiga (ustav kapitaliga) davlat ulushi sifatida kiritish;

-davlat ulushlarini va davlat ko‘chmas mulk ob’ektlarini xo‘jalik jamiyatining ustav fondiga (ustav kapitaliga) davlat ulushi sifatida kiritish;

-davlat unitar korxonasini yoki davlat muassasasini keyinchalik xususiylashtirish sharti bilan ijaraga berish.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

 

 

Nurafshon shahar adliya

bo‘limi bosh maslahatchisi                                                   S.Nuraliyev