Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Qonunchilikka ko‘ra, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan quritish sexi va sovitkichli omborxonalarni xarid qilishga 50 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan.


Qonunchilikka ko‘ra, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan quritish sexi va sovitkichli omborxonalarni xarid qilishga 50 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan.

Bunda, kredit qishloq xo‘jaligi korxonalariga 36 oygacha imtiyozli davr bilan 84 oy muddatga yillik 14 foiz stavkada ajratiladi. Kredit summasining 60 foizi bo‘yicha garov ta’minoti sifatida o‘rnatiladigan quritish sexi va sovitkichli omborxonalar olinishi, 40 foizi bo‘yicha garov ta’minoti sifatida ularning qaytmaslik xatarini sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi olinishi belgilanadi.

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi quritish sexi va sovitkichli omborxonalarni xarid qilishga Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan 50 milliard so‘m mablag‘ ajratish, Ushbu mablag‘lar Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan:

qishloq xo‘jaligi korxonalariga 36 oygacha imtiyozli davr bilan 84 oy muddatga yillik 14 foiz stavkada ajratilsin. Bunda, kredit summasining 60 foizi bo‘yicha garov ta’minoti sifatida o‘rnatiladigan quritish sexi va sovitkichli omborxonalar olinishi, 40 foizi bo‘yicha garov ta’minoti sifatida ularning qaytmaslik xatarini sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi olinishi belgilanishi hamda tashabbuskorlarga quritish sexi va sovitkichli omborxonalar o‘rnatib berilgandan so‘ng mahsulot yetkazib beruvchining hisob raqamiga o‘tkazib berish sharti bilan ajratilishi ko’rsatilgan.

 

 

 

Yangiyo’l tuman Adliya bo’lim boshlig’i                        A.Narziyev