Янгиликлар
Kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish chog‘ida xodimlarning huquq va majburiyatlari quyidagicha
Kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish chog‘ida xodimlarning huquq va majburiyatlari quyidagicha
Amaldagi mehnat kodeksining 371-moddasiga ko’ra Xodimlar ushbu Kodeksda, mehnat to‘g‘risidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida belgilangan tartibda kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishdan o‘tish huquqiga ega.
Kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishdan o‘tish chog‘ida xodimlar ta’lim tashkilotida belgilangan qoidalarga rioya etishi, kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish natijalarini ish beruvchiga taqdim etishi shart. Kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishdan o‘tish chog‘ida xodimlarning zimmasida ushbu Kodeksda, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda va mehnat to‘g‘risidagi o‘zga huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida belgilangan boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi YuXKM bosh yuriskonsulti X.M.Rizaqulov