Янгиликлар
Xodim asosiy va qo‘shimcha yillik mehnat ta’tillarini bir haftadan bir necha qismlarga bo‘lib olmoqchi. Ish beruvchi xodimga ushbu ta’tillarni qismlarga bo‘lib berishga majburmi?
Xodim asosiy va qo‘shimcha yillik mehnat ta’tillarini bir haftadan bir necha qismlarga bo‘lib olmoqchi. Ish beruvchi xodimga ushbu ta’tillarni qismlarga bo‘lib berishga majburmi?
Amaldagi Mehnat kodeksining 231-moddasiga ko‘ra xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra har yilgi mehnat ta’tili qismlarga bo‘linishi mumkin. Bunda ushbu ta’tilning hech bo‘lmaganda bir qismi o‘n to‘rt kalendar kundan kam bo‘lmasligi kerak.
Shu sababli ish beruvchi xodimga asosiy va qo‘shimcha ta’tillarni qismlarga bo‘lib berishga majbur emas, chunki Mehnat kodeksining 231-moddasida kelishuvga ko‘ra ekanligi belgilangan, ya’ni bu ish beruvchining huquqi hisoblanadi, majburiyati emas.
Agar ish beruvchi xodimga har yilgi ta’tilini qismlarga bo‘lib berishga rozi bo‘lsa, mehnat ta’tili qismlarining hech bo‘lmaganda bir qismi, ya’ni qaysi qismi bo‘lishidan qat’iy nazar (birinchi, ikkinchi yoki uchinchi qismi) o‘n to‘rt kalendar kundan kam bo‘lmasligi kerak.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi YuXKM bosh yuriskonsulti X.M.Rizaqulov