Янгиликлар
Ish staji bo‘yicha qo‘shimcha ta’til olish huquqi xodim ishga qabul qilingan sanadan boshlanadimi yoki Mehnat kodeksi kuchga kirgan sanadan boshlanadimi?
Ish staji bo‘yicha qo‘shimcha ta’til olish huquqi xodim ishga qabul qilingan sanadan boshlanadimi yoki Mehnat kodeksi kuchga kirgan sanadan boshlanadimi?
Amaldagi Mehnat Kodeksning 220-moddasiga muvofiq xodimga u bitta tashkilotda yoki tarmoqda ishlagan har besh yil uchun davomiyligi ikki kalendar kun bo‘lgan, biroq jami sakkiz kalendar kundan ko‘p bo‘lmagan har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tili beriladi.
Ushbu qo‘shimcha ta’til olish huquqi xodimga mehnat ta’tili berilayotgan vaqtda tashkilotda yoki tarmoqdagi ish staji, ya’ni ishga qabul qilingan vaqtdan hisoblanadi.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi YuXKM bosh yuriskonsulti X.M.Rizaqulov