Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida ishga qabul qilish bekor qilindimi? Qanday hollarda fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzish mumkin?


Fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida ishga qabul qilish bekor qilindimi? Qanday hollarda fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzish mumkin?

Mehnat kodeksining 11-moddasiga ko‘ra xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni haqiqatda tartibga soladigan fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnomalar tuzish taqiqlanadi.

Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat shartlarini ish beruvchi tomonidan ta’minlashda xodimning mehnat vazifasini ichki mehnat tartibiga bo‘ysungan holda haq evaziga shaxsan bajarishi haqidagi, xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga asoslangan munosabatlar yakka tartibdagi mehnat munosabatlaridir.

Shu munosabat bilan, sharnoma tuzilayotganda shartnoma shartlarida yakka tartibdagi mehnat munosabatlar vujudga kelsa, fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnomalar tuzish taqiqlanadi.

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi YuXKM bosh yuriskonsulti X.M.Rizaqulov