Янгиликлар
Hozirgi kunda barcha xodimlarga elektron mehnat daftarcha yuritilmoqda, shuning uchun oldindan qog‘oz shakldagi mehnat daftarchasi bo‘lgan xodimlarga qog‘oz shakldagi mehnat daftarcha yuritish shartmi?

Amaldagi mehnat kodeksining 125-moddasi beshinchi qismida ish beruvchi ishga qabul qilish, boshqa ishga doimiy o‘tkazish va mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mehnat daftarchasiga hamda «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritishi shartligi belgilangan.
Shu sababli, 2020-yil 1-yanvarga qadar mehnat daftarcha ochilgan barcha xodimlarning qog‘oz shaklidagi mehnat daftarchasiga yozuvlar kiritish shart hisoblanadi.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi YuXKM bosh yuriskonsulti X.M.Rizaqulov