Янгиликлар
Tashkilot qayta tashkil etilganda yoki bo‘ysunuvi o‘zgarganda xodim bilan yangi mehnat shartnoma tuzish shartmi?
Tashkilot qayta tashkil etilganda yoki bo‘ysunuvi o‘zgarganda xodim bilan yangi mehnat shartnoma tuzish shartmi?
Amaldagi mehnat kodeksining 156-moddasiga ko‘ra tashkilotning mulkdori almashganda, xuddi shuningdek tashkilot qayta tashkil etilganda (qo‘shib yuborilganda, qo‘shib olinganda, bo‘linganda, ajratib chiqarilganda, o‘zgartirilganda) yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar xodimning roziligi bilan davom ettiriladi.
Tashkilotning idoraviy taalluqliligi (bo‘ysunuvi) o‘zgarganligi yoki qayta tashkil etilganligi (qo‘shib yuborilganligi, qo‘shib olinganligi, bo‘linganligi, ajratib chiqarilganligi, o‘zgartirilganligi) ushbu tashkilotning xodimlari bilan mehnat shartnomalarini bekor qilish uchun asos bo‘lmaydi.
Xodim ishni davom ettirishni rad etganda xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ushbu Kodeksning 173-moddasiga muvofiq tegishli ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘langan holda bekor qilinadi.
Demak, tashkilot qayta tashkil etilganda yoki bo‘ysunuvi o‘zgarganda xodim bilan yangi mehnat shartnoma tuzish shart emas.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi YuXKM bosh yuriskonsulti X.M.Rizaqulov