Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilish uchun ogohlantirish muddatini pullik kompensatsiyaga almashtirishda qanday hollarda xodim bilan kelishish talab etiladi?


Xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilish uchun  ogohlantirish muddatini pullik kompensatsiyaga almashtirishda qanday hollarda xodim bilan kelishish talab etiladi?

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksining 137-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan ish beruvchi mehnat shartlarining kelgusidagi o‘zgarishi haqida ogohlantirish paytidan e’tiboran ikki haftalik ogohlantirish muddatini xodim bilan o‘zaro kelishuvi asosida amalga oshiradi.

Boshqa barcha hollarda:

Mehnat kodeksining 137-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan ogohlantirish paytidan e’tiboran ikki haftadan ortiq bo‘lgan muddatini:

Mehnat kodeksining 146-moddasining ikkinchi qismiga (Ish beruvchi o‘zining kelgusida boshqa joyga ko‘chishi to‘g‘risida) asosan ikki haftadan oshadigan ogohlantirish muddatini,

Mehnat kodeksining 165-moddasining uchinchi qismiga asosan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish to‘g‘risida;

Mehnat kodeksining 168-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda tashkilotni tugatish yoki ish beruvchi bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini tugatish to‘g‘risidagi sud qarorining qonuniy kuchga kirganligi sababli ish beruvchining xohishi asosida amalga oshiriladi.

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi YuXKM bosh yuriskonsulti X.M.Rizaqulov