Янгиликлар
07
Muddatli mehnat shartnoma tuzilganda oxirgi kun dam olish yoki bayram kuniga to‘g‘ri kelsa, qaysi sanadan mehnat shartnoma bekor qilinishi kerak?
Muddatli mehnat shartnoma tuzilganda oxirgi kun dam olish yoki bayram kuniga to‘g‘ri kelsa, qaysi sanadan mehnat shartnoma bekor qilinishi kerak?
Amaldagi mehnat kodeksining 170-moddasi ikkinchi qismiga ko‘ra oxirgi ish kuni mehnat shartnomasi bekor qilingan kundir. Agar oxirgi ish kuni dam olish kuniga yoxud ishlanmaydigan bayram kuniga yoki boshqa ishlanmaydigan kunga to‘g‘ri kelsa, undan keyin keladigan birinchi ish kuni oxirgi ish kuni deb hisoblanadi.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi YuXKM bosh yuriskonsulti X.M.Rizaqulov