Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

- Maktab buxgalterlari ham direktor jamg‘armasidan ustama olishi mumkinmi?


-          Maktab buxgalterlari ham direktor jamg‘armasidan ustama olishi mumkinmi?

-          Assalomu alaykum. Men Urganch ixtisoslashtirilgan san‘at maktabida bosh xisobchi lavozimida ishlayman. Bizning maktab Madaniyat vazirligiga qaraydi. Vazirlar mahkamasining 03.09.1999 yildagi 414-sonli qarori bo‘yicha direktor jamg‘armasidan ustama olishim mumkinmi? Agar mumkin bo‘lsa necha foiz olish mumkin?

-          Ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablaridagi Direktor jamg‘armalari ham Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qaroriga 1-ILOVA "Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida"gi NIZOM asosida tashkil etiladi va faoliyat olib boradi.

-           

-          Mazkur nizomning 4-bandiga muvofiq, Jamg‘armaning vazifalari quyidagilardan iborat:

-          ▪️umumta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan pedagog (ular umumiy sonining ko‘pi bilan 50 foizi), psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash yo‘li bilan ularni moddiy rag‘batlantirish;

-          ▪️umumta’lim muassasalari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish;

-          ▪️tejalgan mablag‘lar mavjud bo‘lgan taqdirda, ushbu mablag‘lar hisobidan xodimlarning vaqtincha mehnatga layoqatsizligi bo‘yicha to‘lanmagan nafaqalarni moliyalashtirish.

-          Shunday ekan bu jamg‘armadan ustamalar faqat pedagog, kutubxonachi va psixologlarga to‘lanadi.

-           

-          Bekobod tumani Adliya bo‘limi YuXKM boshlig`i A.Iskandarov