Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Maktab buxgalterlari ham direktor jamg‘armasidan ustama olishi mumkinmi?


Maktab buxgalterlari ham direktor jamg‘armasidan ustama olishi mumkinmi?

Assalomu alaykum. Men Urganch ixtisoslashtirilgan san‘at maktabida bosh xisobchi lavozimida ishlayman. Bizning maktab Madaniyat vazirligiga qaraydi. Vazirlar mahkamasining 03.09.1999 yildagi 414-sonli qarori bo‘yicha direktor jamg‘armasidan ustama olishim mumkinmi? Agar mumkin bo‘lsa necha foiz olish mumkin?

Ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablaridagi Direktor jamg‘armalari ham Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qaroriga 1-ILOVA "Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida"gi NIZOM asosida tashkil etiladi va faoliyat olib boradi.

 

Mazkur nizomning 4-bandiga muvofiq, Jamg‘armaning vazifalari quyidagilardan iborat:

▪️umumta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan pedagog (ular umumiy sonining ko‘pi bilan 50 foizi), psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash yo‘li bilan ularni moddiy rag‘batlantirish;

▪️umumta’lim muassasalari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish;

▪️tejalgan mablag‘lar mavjud bo‘lgan taqdirda, ushbu mablag‘lar hisobidan xodimlarning vaqtincha mehnatga layoqatsizligi bo‘yicha to‘lanmagan nafaqalarni moliyalashtirish.

Shunday ekan bu jamg‘armadan ustamalar faqat pedagog, kutubxonachi va psixologlarga to‘lanadi.

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi YuXKM boshlig`i A.Iskandarov