Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi


Ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi

- Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 21 maydagi 139-son qaroriga ilovada tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 7-bandida ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan o‘quv mashg‘ulotlari va tadbirlar (saflanish, tarbiyaviy soatlar, bayram, sport tadbirlari va shu kabilar) boshlanishidan oldin ta’lim oluvchilar:
- telefonini o‘chirib qo‘yishi;
- telefonini portfeli, sumkasi va shu kabilarga solib qo‘yishi shartligi belgilangan.
-
- Shunday ekan har bir o‘quvchi maktab hududiga kirganda yuqoridagi harakatlarni amalga oshirishi shart.
-
- Shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi 282-son buyrug‘iga 1-ilovada tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari 9-bandiga ko‘ra o‘quvchilar tomonidan mobil telefondan foydalanish qoidalariga rioya etilishini barcha pedagoglar, jumladan sinf rahbarlari shaxsan nazorat qiladi.

Bekobod tumani Adliya bo‘limi YuXKM boshlig`i A.Iskandarov