Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Amaldagi mehnat kodeksining 328-moddasiga Boquvchi vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan ziyonning o‘rnini ish beruvchi tomonidan qoplash muddati quyidagilardan iborat


Amaldagi mehnat kodeksining 328-moddasiga Boquvchi vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan ziyonning o‘rnini ish beruvchi tomonidan qoplash muddati quyidagilardan iborat

Boquvchi vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan ziyonning o‘rni quyidagicha qoplanadi:

voyaga yetmagan shaxslarga — o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar;

o‘n sakkiz yoshdan oshgan o‘quvchilarga — kunduzgi ta’limni tugatguniga, lekin ko‘pi bilan yigirma uch yoshga to‘lguniga qadar;

ellik besh yoshdan oshgan ayollarga va oltmish yoshdan oshgan erkaklarga — umrbod;

nogironligi bo‘lgan shaxslarga — nogironlik muddatiga;

marhumning qaramog‘ida bo‘lgan bolalarini, nabiralarini, aka-ukalari va opa-singillarini parvarishlash bilan band bo‘lgan ota-onasidan biriga, eriga (xotiniga) yoki boshqa oila a’zosiga — qaramog‘idagi shaxslar o‘n to‘rt yoshga to‘lguniga qadar.

Bekobod tumani Adliya bo‘limi YuXKM boshlig`i A.Iskandarov