Янгиликлар
Bolaning bogʻchaga ketma-ket 3 kundan ortiq kelmagan davri uchun toʻlov undurilmaydi
Bolaning bogʻchaga ketma-ket 3 kundan ortiq kelmagan davri uchun toʻlov undurilmaydi
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktab-internatlardagi bolalar taʼminotiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga koʻra quyidagi sabablar bilan bolaning bogʻchaga ketma-ket 3 kundan ortiq kelmagan davri uchun toʻlangan toʻlovlar keyingi toʻlovlarni amalga oshirishda hisobga olinadi:
— bolaning yoki oila aʼzolarining kasalligi sababli;
— karantin holatida boʻlganligi tufayli;
— ota-onalardan birining ishdan (oʻqishdan) boʻsh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga koʻra.
Bunda bolaning kelmagan kunlari soni bir kunlik toʻlov miqdoriga koʻpaytirilib, keyingi toʻlov summasi chiqqan summaga kamaytiriladi.
Agar bolaning kelmagan kunlari uchun toʻlov hali amalga oshirilmagan boʻlsa, toʻlanishi lozim boʻlgan toʻlov miqdori u kelmagan kunlari uchun hisoblangan toʻlov summasiga kamaytiriladi.
Shuningdek, ota-onaning oldindan bergan yozma arizasiga asosan, bolaning bogʻchaga qatnashi butunlay toʻxtatilgan taqdirda, toʻlov toʻliq boʻlmagan oy uchun, yaʼni bola amalda bogʻchaga qatnagan kunlar uchun toʻlanadi.
Aziza Toshxoʻjayeva,
Qibray tuman FHDYO
boʻlimi mudirasi