Янгиликлар
IXTIYORIY VA MAJBURIY SUGʻURTA
IXTIYORIY VA MAJBURIY SUGʻURTA
Sugʻurta fuqaro yoki yuridik shaxs sugʻurta qildiruvchi sugʻurta tashkiloti sugʻurtalovchi bilan tuzadigan mulkiy yoki shaxsiy sugʻurta shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
Qonunchilikda, shaxsiy sugʻurta shartnomasi ommaviy shartnoma hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga koʻra, qonunda koʻrsatilgan shaxslarga sugʻurta qiluvchilar sifatida boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi yoki mol-mulkini yoxud oʻzining boshqa shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligini oʻz hisobidan yoxud manfaatdor shaxslar hisobidan sugʻurta qilish (majburiy sugʻurta) majburiyati qonun bilan yuklangan hollarda sugʻurta qoidalariga muvofiq shartnomalar tuzish yoʻli bilan amalga oshirilishi belgilangan.
Majburiy sugʻurtada sugʻurta qildiruvchi sugʻurtalovchi bilan sugʻurtaning ushbu turini tartibga soladigan qonunchilikda nazarda tutilgan shartlarda shartnoma tuzishi shart.
Qonunda fuqarolarning hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkini davlat budjeti mablagʻlari hisobidan majburiy sugʻurta qilish hollari (davlat majburiy sugʻurtasi) nazarda tutilishi mumkin.
Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi yuridik
xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi Saidislom Djamalov